Yevropa kosmik agentligi
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yevropa kosmik agentligi (YeKA) — Yevropadagi 10 ta davlat oʻrtasida tuzilgan xalqaro tashkilot; 1975-yilda tuzilgan. Kommersiya va xoʻjalik-amaliy ishlarga moʻljallangan kosmik apparatlarni ishlab chiqadi. Yevropa kosmik agentligi kosmik apparatlarning uchishini kuzatish stansiyalari tarmogʻiga ega. Ularni boshqarish markazi Darmshtadtda (Germaniya) joylashgan[1].