Ivan Yesipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yesipov Ivan Nilovichdan yoʻnaltirildi)

Yesipov Ivan Nikolayevich (1901.4.2 — Toshkent — 1963.6.10) — opera xonandasi (bas), Oʻzbekiston xalq artisti (1952).[1] Toʻliq diapazonli, yoqimli ovoz sohibi. Moskva va Tbilisi konservatoriyalarida oʻqigan. Toshkent rus opera va balet teatri (1939—48), Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1948— 60) yakkaxoni. Alovuddin Shoshiy (A. Kozlovskiy, "Ulugbek"), Boris Godunov (M. Musorgskiy, "Boris Godunov"), Ivan Susanin (M. Glinka, "Ivan Susanin"), Gremin (P. Chaykovskiy, "Yevgeniy Onegin"), Storojev (T. Xrennikov, "Boʻronda"), Mefistofel (Sh. Guno, "Faust"), Nilikanta (L. Delib, "Lakme") va b. partiyalarni mahorat bilan ijro etgan. [2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Есипов Иван Николаевич (1901)[sayt ishlamaydi]
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil