Yangi Shotlandiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yangi shotlandiya — Kanadaning jan.sharqiy qismidagi provinsiya, Yangi Shotlandiya ya.o. va KeypBreton o.da. Mayd. 55,3 ming km2. Aholisi 944,7 ming kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Galifaks shahri Ya.Sh. iqtisodiy jihatdan rivojlangan provinsiya. Foydali qazilmalardan koʻmir, barit, gips qazib chiqariladi. Qora metallurgiya, neftni qayta ishlash, kokskimyo, transport mashinasozligi, oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz va yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Q.x. shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Bogʻdorchilik rivojlangan. Ya.Sh.ning tub aholisi indeyslar. 17-asrning boshlaridan yevropaliklar — fransuzlar va inglizlar koʻchib borgan. Angliya — Fransiya urushidan soʻng 1713 yildan 1867 yil gacha Buyuk Britaniya mulki.