Yangi Oʻzbekiston universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yangi Oʻzbekiston universiteti

Yangi Oʻzbekiston universiteti binosi
Xalqaro nomi inglizcha: New Uzbekistan university
Asos solingan 2021-yil
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Volfgang Herrmann[1]
Fakultetlar 3 ta
Manzili 100007 Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko'chasi 54
Vebsayti newuu.uz

Koordinatalari: 41°19′28.3″N 69°19′18.5″E / 41.324528°N 69.321806°E / 41.324528; 69.321806 G O

Yangi Oʻzbekiston universitetiOʻzbekistonning Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi oliy taʼlim muassasasi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 23-iyundagi qarori bilan tashkil etilgan[2]. Universitet tashkil etilishi haqida 2021-yil 21-may kuni Toshkentda oʻtkazilgan „Besh tashabbus harakati“ tadbirida maʼlum qilingan[3]. Universitet 8000 talabaga moʻljallangan[4]. Universitetga birinchi yil kirish imtihonlari 2021-yilning sentabr oyida oʻtkazildi va oʻqish oktabr oyidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosida boshlandi[5].

Birinchi imtihon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi Oʻzbekiston universitetiga birinchi imtihon 2021-yilning 6-sentabri kuni Toshkentda, „Bunyodkor“ stadioni tashqi maydonida boʻlib oʻtdi. Imtihonning 1-saralash bosqichida qatnashish uchun 6000 dan ortiq talabgor qatnashdi, 1-bosqichdan 1213 kishi muvaffaqqiyatli oʻtib test jarayonlarida qatnashdi. Imtihon uch soat davom etdi, har bir fan uchun 90 daqiqa vaqt belgilandi. Testlar ingliz tilida boʻlib oʻtdi[6].

Fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mexanika muhandisligi (100 o‘rin);
  • Kimyo muhandisligi (100 o‘rin);
  • Dasturiy ta’minot muhandisligi (100 o‘rin)[7].

Rektorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2021-2022 — Jumayev Elyorjon Erkin o'g'li
  • 2022-h/v — Volfgang Herrmann

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]