Yangi Oʻzbekiston – yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yangi Oʻzbekiston – yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi

Yangi Oʻzbekiston – yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi binosi
Mamlakat Oʻzbekiston
Manzil Namangan viloyati, Davlatobod tumani, Islom Karimov koʻchasi
Tarixi
Asos solingan sanasi 2021-yil 19-mart
Fond
Kitoblar soni 70 mingta (2023)[1]
Boshqa maʼlumotlar
Direktor Dilnoza Azizova
Map
Yangi Oʻzbekiston – yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi manzili xaritada

Yangi Oʻzbekiston — yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi — Namangan viloyatiga qarashli Davlatobod tumanida joylashgan kutubxona. Kutubxona 2021-yilning 19-mart kuni oʻz faoliyatini boshlagan[2][3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiyaning „Ug İnşaat“ firmasi tomonidan Finlandiya tajribasi boʻyicha qurib bitkazilgan kutubxonaning umumiy maydoni 5220 kv. metrni tashkil etadi[4]. Uch qavatdan iborat bino mutolaa va adabiyotlarni olish boʻlimlari, kitoblar arxivi, shuningdek, fond saqlash uchun moʻljallangan maxsus yertoʻladan tashkil topgan. Kutubxona bir vaqtning oʻzida 1200 nafar kitobxonga xizmat koʻrsatish imkoniga ega. Foydalanishga topshirilgan yili kutubxona fondida 30 ming bosma hamda elektron adabiyot mavjud boʻlgan[5]. 2023-yilning fevral oyi hisobiga koʻra 70 mingta kitob kutubxona fondida mavjud ekanligi aytilgan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 8-avgustdagi 357-sonli „20222023-yillarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori eʼlon qilingan. Qarorga koʻra quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan:

  • Davlatobod va Pop tumanidagi binolarning (Davlatobod tumanidagi „Yangi Oʻzbekiston — yoshlar ziyo maskani“ axborot kutubxonaning boʻsh turgan qismida va Pop tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabining yotoqxona qismida) foydalanish huquqiy shartlarini shakllantirish. (2022-yil oktyabr)
  • Mazkur binolar hududida Moliya vazirligi va Namangan viloyat hokimligi hamkorligida taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. (2022-yil dekabr)
  • Yoshlar ishlari agentligi va mahalliy investorlar mablagʻlari asosida kerakli jihozlar bilan taʼminlash. (2022-yil oktyabr-dekabr)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]