Yancy Butler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yancy Victoria Butler' (1970-yil 2-iyulda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U 1993-yilda chiqqan „Hard Target“ filmidagi Natasha Binder, „Drop Zone“da Jess Crossman va TNTningWitchblade“ gʻayritabiiy dramatik serialida detektiv Sara Pezzini rollari bilan tanilgan.

Yancy Butler
Tavalludi
Yancy Victoria Butler

2-iyul 1970-yil (1970-07-02) (53 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1979, 1991-hozirgacha

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yancy Vivtoria Butler Manhattandagi Greenwich qishlogʻida, teatr kompaniyasi menejeri Leslie Vega va 1960-yillardagi The Lovin' Spoonful rok guruhining barabanchisi va vokalisti Joe Butlerlarning qizi boʻlib tugʻilgan[1][2].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butlerning dastlabki asosiy roli 1992-yilda Mann & Machine teleserialida boʻlib, unda u inson detektivi bilan hamkorlikda Android politsiyasi xodimi rolini oʻynagan. Serial yaqin kelajakda Los Angelesda boʻlib oʻtadi. Serial Dick Wolf tomonidan birgalikda yaratilgan. Bir yil oʻtgach, u oʻzining ikkinchi seriali „South Beach“da rol oʻynaydi. Unda u federal hukumat bilan shartnoma tuzgan firibgar va oʻgʻri rolini ijro etadi. Uning jinoiy qaydlarini oʻchirish evaziga u ular uchun muayyan vazifalarni bajaradi.

2005-yilda Butler „Bloodlines“ filmida rol oʻynaydi[3]. Tarqatish maqsadida u 2006-yilda Striking Range nomi bilan qayta nomlanadi. 2007-yilda u Ava Jenkins rolida „As the World Turns“ teleserialining 13ta qismida suratga tushgan. U „Tales of an Ancient Empire“ filmida[4], "The Sword and the Sorcerer" filmining davomi boʻlishi tasdiqlangan filmda rol oʻynashi eʼlon qilinadi[5]. 2012-yil 24-yanvarda Tales of an Ancient Empire DVD formatida chiqadi. Butler filmda koʻrinmadi[6]. U boshqa komikslar moslashuvida, Kick-Ass filmida kichik rolda paydo boʻladi[7].

Huquqiy masalalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yil noyabr oyida Butler Florida shtatidagi Delray Beach shahrida mast holda tartibsizliklar keltirib chiqarganligi uchun hibsga olinadi. Ushbu hibsga olish davomida u giyohvand moddalarni suiisteʼmol qilishni davolash dasturiga hukm qilinadi[8]. 2007-yilda Butler mashinasini halokatga uchratganidan keyin mast holda haydashda ayblangan[9].

2017-yil 3-aprelda Butler New Yorkning Sag Harbor shahrida hibsga olinadi. Uni mast holatda haydash va giyohvand moddalarni saqlashda ayblashadi. Butler piyodalar yoʻlakchasidan oʻtib ketganidan soʻng, mashinani boshqarish paytida hushidan ketganligi aniqlanadi[10].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yildan boshlab Butler California shtatining Winnetka shahrida istiqomat qilmoqda[11].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1979 Savage Weekend Little Girl
1993 Hard Target Natasha Binder
1993 The Hit List Jordan Henning
1994 Drop Zone Jessie Crossman
1995 Let It Be Me Corinne
1996 Fast Money Francesca March
1997 Ravager Avedon Hammond
1997 The Ex Deidre Kenyon
1997 Annieʼs Garden Lisa Miller
1999 The Witness Files Sandy Dickinson
2000 Doomsday Man Captain Kate Roebuck
2004 The Last Letter Ms. Toney / Alicia Cromwell
2006 Striking Range Emily Johanson
2008 Vote and Die: Liszt for President Ann Barklely
2010 Kick-Ass Angie D’Amico
2010 Lake Placid 3 Reba
2012 Shark Week Elena
2012 Lake Placid: The Final Chapter Reba
2013 Hansel & Gretel Get Baked Officer Hart
2013 Kick-Ass 2 Angie D’Amico
2017 Death Race 2050 Alexis Hamilton
2018 The Assassinʼs Code Laura Consolo
2019 American Criminal Dr. Penelope Lang
2020 Emerald Run Anna Thomas
2021 Initiation Detective Sandra Fitzgerald

Televizion rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1991 Law & Order Beverly Kern Epizod: „Misconception“
1992 Mann & Machine Sgt. Eve Edison 9ta epizod
1993 South Beach Kate Patrick 7ta epizod
1997 NYPD Blue Lucinda „Lucy“ Hastings 1ta epizod
1997-1998 Brooklyn South Officer Anne-Marie Kersey 21ta epizod
2000 Witchblade Detective Sara Pezzini Televizion film
2001-2002 Witchblade Detective Sara Pezzini 23ta epizod
2006 Double Cross Kathy Swanson Televizion film
2006 Basilisk: The Serpent King Hannah Carmelina Santorini Frankman Televizion film
2007 As the World Turns Ava Jenkins 13ta epizod
2008 Wolvesbayne Lillith Televizion film
2010 Lake Placid 3 Reba Televizion film
2011 The Mentalist Aunt Jodie Epizod: „Blood for Blood“
2011 Rage of the Yeti Villers Televizion film
2012 Lake Placid: The Final Chapter Reba Televizion film
2015 Lake Placid vs. Anaconda Reba Televizion film
2017 Boyfriend Killer Carrie Ellington Televizion film
2017 Witness Protection Susan Televizion film

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yil 10-iyun kuni Butler 29-yillik Fantastika va Qoʻrqinchli Filmlar nominatsiyada Akademia mukofotlarini topshirish marosimida Witchblade filmidagi ijrosi uchun teleserialdagi eng yaxshi aktrisa sifatida Saturn mukofotini qoʻlga kiritadi[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Yancy Butler Biography“. Film Reference. Qaraldi: 23-sentabr 2010-yil.
  2. „Interview: Yancy Butler (Witchblade's Sara Pezzini) - Part Two“. Sci Fi Dimensions (2002-yil iyul). 12-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-sentabr 2010-yil.
  3. „Striking Range [Bloodlines Trailer“]. Serendipitous Films.
  4. „Yancy Butler Joins the Family in Tales“. Dreadcentral.com (17-aprel 2008-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2010-yil.
  5. „A Few More Details On That SWORD AND THE SORCERER Follow-Up We've Been Hearing About!! - Ain't It Cool News: The best in movie, TV, DVD, and comic book news“. Aintitcool.com (23-aprel 2008-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2010-yil.
  6. „Tales of an Ancient Empire (2010)“. Qaraldi: 31-yanvar 2012-yil.
  7. „"Interview: Yancy Butler (Witchblade, Wolvesbane)" Action Flick Chick; 26-oktabr 2009-yil“. Actionflickchick.com (26-oktabr 2009-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2010-yil.
  8. Josh. „"Witchblade" Star Ordered to Rehab“. E! Online (24-noyabr 2003-yil). 30-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2006-yil.
  9. „Actress Yancy Butler arrested for DUI“. USA Today (15-mart 2007-yil).
  10. Morrow, T.E. „Actress Charged Again With Drunken Driving“ (inglizcha) (5-aprel 2017-yil). 21-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.
  11. Morrow, T.E. „Actress Charged Again With Drunken Driving“ (inglizcha) (5-aprel 2017-yil). 21-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2022-yil. Morrow, T.E. (April 5, 2017). „Actress Charged Again With Drunken Driving“. The East Hampton Star. Archived from the original on June 20, 2022. Retrieved June 20, 2022.
  12. „Academy of Science Fiction, Fantasy & Horror Films, USA – 2002 Awards“. IMDb.com.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]