Yams

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yams do'konda

Yams — yamsdoshlar oilasiga mansub bir pallali chirmashib oʻsadigan oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, tuganak ildizmevali ekin. Vatani — Myanma. Tropik va subtropik mintaqalarda 250 ga yaqin turi tarqalgan. Gʻarbiy Zakavkazye va Uzoq Sharq oʻrmonlarida Ya.ning 2 yovvoyi turi, Kavkazning Qora dengiz boʻylarida tezpishar navlari oʻsadi. Jahon mamlakatlari boʻyicha Ya. maydonlari 3,8 mln.ga, hosildorligi 96,03 s/ga, yalpi hosili 36,9 mln. (1999). Janubiy Osiyo, Shimoliy Amerika mamlakatlarida, Afrikada katta maydonlarda yetishtiriladi. Ya.ning koʻp turlari kraxmalga boy boʻlgan yirik tuganaklar hosil qiladi. Tuganaklari oq, qizil, binafsha rangda. Bir tuganagi vazni 2— 2,5 kg. Koʻpgina mamlakatlarda kartoshka kabi ovqatga ishlatiladi.