Yalang xaltali zamburugʻlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yalang Xaltali Zamburug`lardan yoʻnaltirildi)

Yalang xaltali zamburugʻlar — askomitsetlar sinfiga mansub zamburugʻlar kenja sinfi. Koʻpchilik Yalang xaltali zamburugʻlarz. bir hujayrali, kurtaklanish yoki boʻlinish orqali koʻpayadi; ayrim turlarida kuchsiz rivojlangan mitseliy boʻladi. Askirlari kurtaklanadigan hujayraning oʻzida yoki bevosita mitseliyda hosil boʻladi; mevali tana hosil boʻlmaydi. 2 qabilasi (endomitsetsimonlar va tafrinsimonlar), 350 ga yaqin turi bor. Endomitsetsimonlarga achitqichlar guruhi kiradi; aski zigotadan askogen giflari ishtirokisiz rivojlanadi. Tafrinsimonlarda dikariontik stadiyasi ustunlik qiladi. Tuproqda, mevalar sirtida va boshqalar shakarga boy substratlarsa uchraydi; oʻsimliklarda parazitlik qilib (asosan, tafrinsimonlar), toʻqimalarda gipertrofiya paydo qiladi.