Xurshid Doʻstmuhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

Yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad (Xurshid Doʻstmuhammedov) 1951yilda Toshkent shahrida tugʻlgan. Oʻrta maktabni, Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) Jurnalistika fakultetini tamomlagan (1968—1973). Filologiya fanlari nomzodi «Fan va turmush» jurnalida boʻlim muharriri (1973—1984), «Yosh kuch» jurnalida boʻlim muharriri, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir (1986—1995) boʻlib ishlagan.

«Hurriyat» mustaqil gazetasiga bosh muharrir (1997—2002). Oʻzbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasi hamrosi. (1997 yildan hozirgi kungacha). «Oʻzbekiston matbuoti» jurnali bosh muharriri (2002 yildan hozirgacha)

1980 yildan buyon matbuotda hikoya va qissalari, romani, ocherk, badia, adabiyotshunoslikka oid maqollari bilan qatnashadi. Uning «Hovli etagidagi uy» qissa va hikoyalari (1989), «Jajman» qissa va hikoyalari (1995), «Qazo boʻlgan namoz» (1996), tarixiy hikoyalari,]]"Hijronim mingdir mening]]"(2000) qissa va hikoyalari, «Bozor» (2000) romani, Hamid Aʼlamovning aytolmagan gaplari]]"(2002) xotira-badiasi chop etilgan.

Adib oʻz qahramonlarining ruhiy holatlarini, fikriy izlanishlarini tahlil etishga, uning eng intim qatlamlarini tasvirlashga intiladi. Psihologik tasvirga moyilligi F. Dostoevskiy , F. Kafka , F. Ryunoske , G. Markes singari jahon adabiyoti namoyandalari uslubidan taʼsirlanganini koʻrsatadi.

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)