Xubey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xubey — Xitoyning markaziy qismidagi provinsiya. Yanszi daryosi oʻrta oqimining har ikki sohilida, Duntinxu koʻlining shim.da joylashgan. Mayd. 187,5 ming km2. Aholisi 59 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Uxan sh. Relyefi — tekislik. Iklimi subtropik, mussonli. Koʻl koʻp. Temir rudasi, toshkoʻmir, marganets konlari bor. Mashinasozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, qogʻoz, sement, keramika, qora metallurgiya korxonalari mavjud. Q.x.ning yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Haydaladigan yerlarning katta qismi sugʻoriladi. Yiliga 2 marta hosil olinadi. Asosiy ekini — sholi. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, tariq ham ekiladi. Texnika ekinlaridan paxta, rami, kunjut, yer yongʻoq, raps, tamaki, shakarqamish, choy yetishtiriladi. Bogʻdorchilik (sitrus mevalar, olma, nok) rivojlangan. Oʻrmon xoʻjaligi bilan shugʻullaniladi. Koramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi. Yanszi daryosida kema qatnaydi. Yirik shaharlari: Uxan, Xuanshi, Shashi, Ichan.

X. hududida qadimda man va i qabilalari yashagan. Mil. av. 9—8-a.larda X.ga xitoylar koʻchib kela boshlagan. X. 1668 y.dan hozirgi chegarasiga ega.