Kontent qismiga oʻtish

Xiva Tuproqqal’asi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xiva Tuproqqal’asiXiva shahridan 17 km shimoli-g’arbiy tomondagi hududda joylashgan. Yodgorlikda arxeologik tadqiqot ishlari olib borilishi natijasida, uning qurilishi va rivojlanishi tarixiga mansub noyob ashyolar olindi. Yodgorlikning rejasi kvadrat (167-170m). Qadimda ikki qatorli devor bilan o’rab olinib, uning saqlanib qolgan balandligi 3m. Janubi-g’arbiy devorida burjlar qolgan devorlarda 4tadan to’rt burchakli burj mavjud. Burjlarning devordan yon tomonga o’sib chiqishi 5,2m, kengligi 7m. Burjlarning xona hajmi 1,75-1.99m, 2,4-2,6m. Burjlar o’rtasidagi masofaa 36m, shimoli-sharq tomonidan burjlar o’rtasidagi masofaa esa 22-38m. Qal’a darvozasi janubi-g’arbiy devor markazida joylashgan. Darvoza oldi to’g’ri burchakli labirint bilan mustahkamlangan bo’lib, darvozadan yon tomonga o’sib chiqishi 11,5 m. Mudofaa devor yaqinidan xandak o’tgan, kengligi 23-27m. Yodgorlikning mudofaa devori va burjlarning tuzilishini aniqlash maqsadida qazish ishlari olib borilishi natijasida shu narsa aniqlandiki, qal’ani ikki qatorli devor o’rab olgan. Devor o’rtasidagi yo’lak kengligi 1,65-1,70m. Mudofaa devori xom g’isht bilan tiklangan(40x43x40-45x10-16sm) balandligi 3,3-3,5m. Ichki devor qalinligi 2,5m. Tashqi devor esa 2,9m. Ular o’rtasidagi kenglik 1,65-1,70m. Mudofaa devor va burj tashqi tomonidan qo’shimcha devor bilan qoplanib, uning balandligi 2,2-3m. SHaharning darvozasida burj mavjud emas, balki murakkab labirint bilan mustahkamlanib, bir aylanma yo’lak orqali shaharga dushmanning kirib kelishini osonlashtiradi.

{1. Лапиров-Скобло М.С. Новый памятник фортификации древнего Хорезма. АО. 1968 М., «Наука»,1969,стр.. 414-415; 2. Мамбетуллаев М.Топроккала Хивинская. В сб. Археология Приаралья. Вып №3, Т., “«Фан»”, 1986,стр.. 65-73.}