Labirint

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Labirint (yun. labyrinthos) — xonalari behad koʻp, yoʻlaklari odamni adashtiruvchi ulkan bino. Yunon mifologiyasida Krit o. podshosi Minos uchun meʼmor va mohir mexanik Dedal L. kurgan. Xavara (qad. Misr)dagi Amenemxet III ibodatxonasi (mil.av. 19-a. maydoni taxm. 72 ming m2) bir necha zallardan iborat boʻlib, haykal va boʻrtma tasvirlar bilan bezatilgan. 3 mingga yaqin xonasi boʻlgan.

Koʻchma maʼnoda — kishini chalgʻitadigan murakkab joy, ilojini topish qiyin boʻlgan holat.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil