Xeklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xeklar, merluzalar (Merlucciidae) — treskasimon balikdar oilasi. Gavdasining uzunligi 1,3 m gacha (odatda, 40 sm ga yaqin), vazni 10 kg gacha. Orqa suzgichi 2 ta. 4 urugʻi, 15 turi bor. Atlantika va Tinch okeanning iliq va subtropik suvlarida yashaydi. Kumushrang X., asosan, Shimoliy Amerika sohillari yakinida keng tarqalgan. Uzunligi 70 sm gacha; 3—4 yidda voyaga yetadi. May— oktabrda 40–150 m chuqurlikda 400 minggacha uvildiriq tashlaydi. Hayotining dastlabki yillarida mayda qisqichbaqasimonlar, voyaga yetgandan soʻng yirik umurtqasizlar (kalmar, krevetka) va boshqa baliqlar bilan oziqlanadi. X.ning 1 turi Qora dengizda uchraydi. Barcha X. yirtqich. Ovlanadi.