Xat tashuvchi qiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Stefan Zweig
Stefan Zweig 1900
Asl nomi Rausch der Verwandlung
Muallif(lar) Stefan Zweig
Tarjimon(lar) Joel Rotenberg
Mamlakat Germaniya
Til nemischa
Nashr etilgan sanasi 1982
Nashriyot S. Fischer Verlag
Sahifalar soni 328
ISBN 3-10-097054-3

Xat tashuvchi qiz – romani Avstriyalik yozuvchi Stefan Zweig tomonidan yozilgan. Asarda yozuvchi Birinchi Jahon Urushi yillari, ayni kambagʻallik xalq dardiga aylangan davrda Avstriya-Vengriya davlatining Viyenna hududiga yaqin kichik shaharchada istiqomat qilgan xat tashuvchi qiz Kristina Hoflener haqida hikoya qiladi. Asar yozuvchi vafotidan soʻng, 1982 -yilda nashr etilgan.

Asar syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kristina – Avstriyadagi Sankt Pölten shahri yaqinida joylashgan kambagʻal shaharchada faoliyat yurituvchi pochtalyon. Uning onasi betob, otasi esa Birinchi jahon urushi paytida vafot etgan. Kunlardan bir kuni Kristina betob onasi uchun telegramma tayyorlaydi va uni pochta orqali joʻnatadi. Kristinaning onasi bu xabardan soʻng biroz yengil tortadi, baʼzi nomaʼlum yaʼni hali tanishga ulgurmagan amerikalik qarindoshlari kelganligi haqida oʻrganadi, Kristinaning xolasi va amakisi uning onasiga Shvetsariyadagi Pontresinaga sayohatga olib ketishni taklif qilishadi. Kristina dastlab onasining borishiga xohish bildirmaydi, biroq soʻngida rozi boʻladi.

Kristina Shvetsariyaga yetib kelganida, burjuva mehmonxonasidagi odamlar bilan, oʻzining kamchiliklarini solishtiradi. U kamtarinligi uchun oʻzini odamlardan va tashqi muhitdan chetdadek his qiladi. Amerikalik xolasi Kler, Kristinani jamiyatga moslashga va uni ijtimoiy shaxsga aylantirishga, hozirgi burjuva jamiyatiga xos mukammalroq qilib tarbiyalashga qaror qiladi. Kristina ismini, axloqini va tashqi koʼrinishini oʼzgartiradi. Bir necha hafta davomida u oʻzini baxtli his qilib, bu kunlardan juda zavqlanib yuradi. Ammo, uning kamtarinligi ustun kelib, bu yerda uzoq muddat qola olmaydi. Natijada, xolasi Kler sayohatlarini qisqartiradi, shundan soʻng Kristina Amerikaga qaytib ketadi.

U Avstriyadagi uyiga kelib oʼrnashgach, biroz muddat yolgʻizlik hissini tuyadi va oʻtmish sogʻinchi bilan Swiss hotelda vaqt oʻtkazadi. Oʻtgan sayohatini hozirgi turar joyi bilan, Birinchi jahon urushi davrida qashshoq shaharchasidagi faoliyatini hozirgi kasbi bilan qiyoslab koʻradi, natijada, u hayotidan va kasbidan mamnun emasligini anglaydi va chuqur tushkunlikka tushadi. Oxir-oqibat, u Birinchi jahon urushi paytida jang qilgan va Siberiaga asir qilib olib ketilgan kambagʻal qarindoshining doʼsti Ferdinand bilan uchrashadi. U ham juda kambagʻal va urushdan oldin bor narsasini yoʻqotib qoʻygan edi. Bir necha marta uchrashgandan soʻng, ular oʻzlarini qaygʻu birlashtirganligni tushunishadi va birgalikda jonlariga qasd qilishga qaror qilishadi. Bu ishni yolgʻiz qilishni xohlashmaydi.

Kristina ishxonasida oʻz joniga qasd qilishga tayyorgarlik koʻrayotgan bir paytda, Ferdinand toʼsatdan uning xonasiga kirib qoladi va ular jonlariga qasd qilishga qaror qiladilar. Biroq, Ferdinand soʼnggi lahzalarda Kristinaning ish stoliga nazar tashlarkan, oʻgʻirlashi mumkin boʻlgan katta miqdordagi pulni koʻradi. Biroz mulohaza qilgach, Ferdinand Kristinaning pochta xonasidan hukumat pulini oʻgʻirlab, kambagʻallikdan qochishi mumkinligini, bu vaziyatdan keyin oʻz joniga qasd qilishga hojat ham qolmasligini anglab yetadi. Ular oʻz joniga qasd qilishni kechiktirishadi. Keyinchalik Ferdinand oʻgʻrilikka doir murakkab reja tuzadi va uni Kristinaga taklif qiladi. Kristina dastlab buni xohlamaydi, biroq, keyinchalik puxta rejadan soʻng, oʻgʻrilikni tashkillashtirishga rozi boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lorna Bradbury ofThe Daily Telegraph wrote in 2009:  „The Post Office Girl is fine novel - and an excellent place to start if you are new to this great Austrian novelist. It is a poweful social history, describing in moving detail the social impact of the First World War, and extreme povert in which so many people were forced to live... Zweig succeeded in taking the most complex concepts of psychoanalysis and bringing them vividly to life“[1]. John Banville reviewed the book in The Guardian: „The Post Office Girl is fierce, sad, moving and, ultimately, frightening. True, it is over-written - Simon would have done it better, half the space - but it also hypnotic in its downward spiral into tragedy“[2].

Ommaviy madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wes Anderson based The Grand Budapest Hotel on The Post Office Girl and Beware of Pity[3].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bradbury, Lorna „The Post Office Girl by Stefan Zweig – review“. The Daily Telegraph (2009-yil 6-fevral). Qaraldi: 2012-yil 3-mart.
  2. Banville, John „Ruined souls“. The Guardian (2009-yil 28-fevral). Qaraldi: 2012-yil 3-mart.
  3. „'I stole from Stefan Zweig': Wes Anderson on the author who inspired his latest movie“ (2014-yil 8-mart). Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.