Xandaq jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xandaq jangi

Xandaq jangi — Muhammad (sav) paygʻambar tarafdorlari (300 kishi) tomonidan Madinani makkaliklardan himoya qilish janglaridan (627 y.) biri. Makkaliklar rahbari Abu Sufyon 10 mingga yaqin askari bilan Madinani qamal qilgan. Sahobalardan biri eronlik Salmon alForsiy (655 y.v.e.)ning maslahatiga koʻra Muhammad paygʻambar shu paytgacha arablarga nomaʼlum boʻlgan, biroq forslarga maʼlum boʻlgan jang usullaridan biri — xandaq qazishga buyurgan. 3 haftalik qamaldan soʻng Abu Sufyon qoʻshini chekinishga majbur boʻlgan. Bu jang islom tarixida X.j. deb nom olgan.

Xandaq jangi (arab. — chuqur) - Muhammad (sav) rahbarliklaridagi musulmonlar bilan makkalik mushriklar o‘rtasidaga jang. 627 yilda makkaliklar rahbari Abu Sufyon 10 mingga yaqin askar bilan kelib Madinani qamal qiladi. Muhammad (sav) tarafdorlari Madina atrofiga Salmon al-Forisiy tavsiyasi bilan xandaq qazib, shaharni himoya etadi. 3 haftalik qamaldan keyin Abu Sufyon qo‘shinlari Madinani ololmay orqaga qaytadi, musulmonlar g‘olib chiqadi. Bu islom tarixida Xandaq jangi deb nom oladi.

Xandaq jangi haqida Qur’onda[tahrir]

Ahzob surasida bayon qilinga oyatlar.

  • 10. Oʻshanda ular sizlarning yuqori tomoningizdan xam, sizlardan quyiroq tomondan ham (bostirib) kelgan edilar. Oʻshanda ko‘zlar tinib, yuraklar bo‘g‘izlarga tiqilib qolgan va sizlar Alloh haqida (turli) gumonlar qila boshlagan edinglar.
  • 11. Ana o‘sha joyda mo‘minlar (yana bir bor) imtihon qilindilar va (bu dahshatdan) qattiq larzaga tushdilar.
  • 12. Oʻshanda munofiqlar va dillarida maraz bo‘lgan (yaʼni eʼtiqodlari zaif bo‘lgan) kimsalar: „Alloh va Uning payg‘ambari bizlarga faqat yolg‘on vaʼda qilgan ekanlar“, deya boshladilar.
  • 13. Oʻshanda ulardan bir toifa odam dedi: „Ey Yasrib (yaʼni Madina) ahli, sizlar uchun (bu qadar ko‘p sonli yovga qarshi) turish imkoni yo‘qdir, bas (o‘z uylaringizga) qaytib ketinglar“. Ulardan yana bir guruh esa "Uylarimiz ochiqsochiq (qolgan edi), " deb payg‘ambardan izn so‘rardilar. Holbuki (uylari) ochiq-sochiq emas edi. Ular faqat (jang maydonidan) qochishnigina istardilar.
  • 14. Agar ularning (munofiqlarning) ustiga (Madinaning turli) tomonlaridan (bostirib) kirilsa-da, so‘ngra ulardan fitna (yaʼni musulmonlarga xiyonat qilish) talab qilinsa, shak-shubhasiz ular ko‘p (ikkilanib) turmasdan (xiyonatga rozilik) bergan bo‘lur edilar.
  • 15. Holbuki, ular ilgari ortga chekinmasliklari haqida Allohga axdu paymon bergan, Allohga berilgan ahdu paymon esa (qiyomat kunida) so‘ralguvchi edi.
  • 16. (Ey Muhammad), ayting: "Agar sizlar o‘lishdan yo o‘ldirilishdan qochsangizlar, bu qochish sizlarga biron foyda bermas, demak sizlar juda oz (yaʼni ajallaringiz yetguncha) foydalanursizlar, xolos.
  • 17. Ayting: „Agar Alloh sizlarga yomonlikni iroda qilsa, qay bir kimsa sizlarni undan asray olur, yoki U zot sizlarga marhamatni iroda qilsa (kim uni to‘sa olur)?!“ Ular o‘zlari uchun Allohdan o‘zga biron do‘st, biron yordamchi topa olmaslar.

Manbalar[tahrir]

Ahzob surasi