Salmon al-Forisiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Salmon al-Forisiy - (Arabcha: سلمان الفارسي‎ Salmān al-Fārsi, Forscha: سلمان فارسی Salmān-e Fārsi, d. ? - ö. 656) Abu Abdulloh Salmon al-Forisiy - sahoba; Rasululloh (sav)ning mavlolaridan. Asli isfahonlik. Din qidirib safarga chiqqan. Majusiy dinidagi otasidan qochgan. Avval nasroniy diniga kirib, bir necha vaqtdan keyin Madinaga borib, islom dinini qabul qilgan. 627 y.dagi Xandaq jangida aynan Salmon al-Forisiy Muhammad (sav)ga Madina shahri atrofiga xandaq qazishni va unga kamonchilarni joylashtirishni maslahat bergan. Arabistonda ilgari ko‘rilmagan bu yangi taktik usul makkaliklar harbiy kuchining asosiy zarbdor qismini tashkil etgan badaviylar otliq qo‘shinining jangovarlik imkoniyatlarini ancha pasaytirgan. Bu ular uchun kutilmagan hol bo‘lib, sarosimaga solgan, natijada musulmon qo‘shini zafar qozongan. Salmon al-Forisiy tasavvufning asoschilaridan biri hisoblanadi. Shialar Salmon al-Forisiyni Alining sodiq safdoshi sifatida juda qadrlaydilar. Madoin shahri (Iroq)ga hokim bo‘lganda, bo‘yra to‘qib sotib, o‘z mehnati evaziga tirikchilik o‘tkazgan; maoshini muhtojlarga sadaqa qilgan. Rasuli Akram (sav)dan ko‘plab hadislar rivoyat qilgan.

Salmon al-Forisiy, Abu Abdulloh Salmon alForisiy (?, Isfahon — 658) — sahoba; Muhammad (sav)ning mavlolaridan. Otasi majusiy dinida boʻlgani uchun undan ketib qolgan. Avval nasroniy diniga kirib, bir necha vaqtdan keyin Madinaga borib, islom dinini qabul qilgan. 627 y.dagi Xandaq jangirya aynan S alF. Muhammad (sav)ga Madina sh. atrofida xandaq kazishni va unga kamonchilarni joylashtirishni maslahat bergan. Arabistonda ilgari koʻrilmagan bu yangi taktik usul makkaliklar harbiy kuchining asosiy zarbdor qismini tashkil etgan badaviylar otliq qoʻshinining jangovarlik imkoniyatlarini ancha pasaytirgan. Bu kutilmagan hol boʻlib, ularni sarosimaga solgan, natijada musulmon qoʻshini zafar qozongan. S. alF. tasavvufttt asoschilaridan biri hisoblanadi. Shialar S alF.ni Llining sodiq safdoshi sifatida juda qadrlaydilar. S. alF. Madoin sh. (Iroq)ga hokim boʻlganda, boʻyra toʻqib, sotib, oʻz mehnati evaziga tirikchilik oʻtkazgan; maoshini esa muhtojlarga tarqatgan. Koʻplab hadislar rivoyat qilgan.[1]


Manbalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil