Xalqaro harbiy tribunal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro harbiy tribunal – 2-jahon urushi bosh harbiy jinoyatchilarining aybini ochish va jazolash boʻyicha tuzilgan xalqaro sud organi. X.h.t. fashistlar Germaniyasi tomonida turib jang qilgan Yevropa mamlakatlarining asosiy harbiy jinoyatchilarini jazolash uchun 1945 y. 8 avg .da AQSH, Buyuk Britaniya, SSSR va Fransiya davlatlari oʻrtasidagi London bitimiga muvofiq tuzilgan (q. Nyurnberg sud jarayoni). Uzoq Sharq uchun yapon bosh harbiy jinoyatchilari ustidan sud olib borish maqsadida X.h.t. 1946 y. 19 yanvarda ittifoqchi hukumatlar oʻrtasidagi muzokaralar natijasida tuzilgan (Tokio tribunali).

BMTning Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasiga muvofiq, 1993 — 1994 y.da Ruanda va Yugoslaviya boʻyicha xalqaro tribunallar tashkil etildi.