Xalmaxera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalmaxera, Jaylolo — Indoneziyadagi orol. Molukka orollari tarkibidagi eng katta orol. Mayd. 18 ming km2. Murakkab shaklga ega: 4 ta yarim oroli markazdan yelpigʻichga oʻxshab choʻzilib ketgan. Relyefi togʻli, eng baland joyi 1635 m (Gamkunoro harakatdagi vulkani). Doim yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Kokos palmazorlari bor. Chetga ziravorlar, qimmatbaho yogʻoch chiqariladi. Eng katta porti — Jaylolo.