Xalida Kamilova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalida Kamilova
Tavalludi 18.10.1950
Toshkent, O'zbekiston SSR
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi texnika
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Xalida Hafizovna Kamilova — (1950-yil, 18-oktabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — taniqli oʻzbekistonlik olima. Texnika fanlari doktori (2003), professor(2016).


Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalida Kamilova 1950-yil 18-oktabrda Toshkent viloyati, Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. Texnika fanlari doktori (2003), professor (2016). U 1972-yil Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan. Xalida Kamilova 1972—1974-yillar Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti „Tikuv buyumlari texnologiyasi“ kafedrasi aspiranti, 1974—1977-yillar Moskva yengil sanoat institutining katta oʻqituvchisi, kafedra mudiri, 1995—2006-yillar Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Toʻqimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti dekani, 2006-yildan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalida Kamilova 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 60 dan ortiq uslubiy qoʻllanma, 1 ta monografiya, 23 ta ixtiro, 9 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma muallifi. Uning 5 ta darsligi „Yilning eng yaxshi darsligi“ Respublika tanlovlarida gʻolib deb topilgan. U boshchiligida 2 jildli „Oʻzbek anʼanaviy kiyimlari“ nomli kitob-albom yaratilgan. Xalida Kamilova London moda kolleji, Milan politexnika universiteti, Lion Le Martiner Didro litseyi kabi xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Uning rahbarligida „Bolajonlar-shirintoylar“ Respublika bolalar moda festivali, „Toshkent moda haftaligi“, „Milliy matolar va liboslar“ koʻrgazmasi kabi festivallar respublika va xorijda oʻtkazilib kelinmoqda. U 2005-yildan ommaviy bayram va tadbirlarda liboslar boʻyicha bosh dizayner hisoblanadi[1].


Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalida Kamilova „Ofarin“ davlat mukofoti (2001), O’zbekiston Respublikasining san’at va me’morchilik sohasidagi ikkinchi darajali Davlat mukofoti (2007), „O’zbekiston mustaqilligiga 20 yil“ estalik nishoni (2011), „Mehnat shuhrati“ ordeni (2018) bilan mukofotlangan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224 bet. ISBN 978-9943-07-694-5. 
  2. Oʻquv ishlar boʻyicha prorektor