Xalapa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalapa — Meksikaning sharqiy qismidagi shahar. Verakrus shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 390 ming kishi (2000). Transport yoʻllari chorrahasi. Plantatsiya xoʻjaligi (kofe, shakarqamish, tamaki) rnining savdo markazi. Oziq-ovqat, mashinasozlik, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz sanoati korxonalari mavjud. universitet, Antropologiya muzeyi bor. Shaharga 16-a.da asos solingan. Mustamlakachilik davrida qurilgan meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Turizm markazi.