Wolfgang Amadeus Mozart
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mozart 1780-yillarda. Rassom - Johann Nepomuk della Croce.
Wolfgang Amadeus Mozart (Volfgang Amadeus Motsart) (27 yanvar, 1756, Zalsburg – 5 dekabr, 1791, Vena) klassik eraning mashhur va koʻp taʼsir koʻrsatgan bastakori boʻlgan. Uning 600dan ortiq kompozitsiyalari orasida simfoniya, konserto, kamer, pianino, opera va xor uchun yozilgan asarlar bor. Mozartning ishlaridan boshqa koʻpgina bastakorlar ilhomlanishgan, va uning asarlari hamon orkestrlarning standart repertuarlaridan joy olgan.