Vudu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fayl:Erzulie.jpg
Erzuliening timsoli

Vudu (inglizcha: Voodoo, ispancha: Santeria, portugalcha: Macumba) — monoteistik sinkretik din, Karib dengizi orollarida vujudga kelgan. Afrika sehrgarligi (asosan Benin viloyatidan) va yevropalik katoliklikning sintezidir.

Teologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vuduchilar yaratuvchi-Xudoning (Bondieu — Yaxshi Xudo) mavjudligiga ishonishadi. Bu Xudo oʻzi yaratgan mavjudotlarning va ruh-xudolarning (vodun yoki loa) hayotida ishtirok etmaydi. Ruh-xudolar yaratuvchi-Xudoning bolalaridir, ularga sigʻinishadi va oilasining katta a'zolari sifatida qarashadi. Vuduchilarning ishonchiga koʻra inson tanasida bir nechta ruh yashaydi. Tugʻilishdan oldin va oʻlimidan keyin u gvineyalik farishta boʻladi. Bundan tashqari, unda Xudoning elchisi - vijdon yashaydi.

Vuduchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vuduchilarning soni 50 million atrofida. Ular Gaiti, Braziliya, Trinidad, AQSh (Yangi Orlean), Kuba va Yamaykada keng tarqalgan, shuningdek dunyoning boshqa burchaklarida ham oz holda uchraydilar.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerikaga olib kelingan afrikalik qullar qit'ada oʻz dinlarini tarqatishgan. Hozirgi vaqtda vudu Kuba, Gaiti (u yerda vudu rasmiy dindir) va AQShning afro-amerikaliklari (ayniqsa Yangi Orleanda, u yerga vudu XVII asrda kirib kelgan) orasida keng tarqalgan.

  • 1791-yili Haitida vuduchilar boshchiligida toʻntarish yuz berdi: marosimlardan soʻng vuduchilar oq tanlilarni oʻldirishga otlanishdi.
  • Eng mashhur yangi orleanlik vuduning qirolichasi Meri Lavo boʻlgan (XIX asr).
  • 1860-yili Vatikan vuduni katoliklikning mahalliy koʻrinishi deb tan oldi.
  • 2001-yili haitilik vudu cherkoviga asos solindi (Eglise Voudou d’Ayiti).

Vudu rituallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:Vudu.png
Bilongo
  • Yovuzlikdan qurbonliklar va tumorlar qutqaradi.
  • Musiqa va raqslar — vudu rituallarining kalit qismi.
  • Dastgoh sifatida vuduchilar oddiy yashash joyini tanlashadi (hunfor - dastgoh). Asosiy qurollar: mitan (stolb - xudolar yoʻli) va qora sha'mlar. Har bir oʻzining ritmini urayotgan uch barabanchi marosimning ochilganligidan darak berishadi. Soʻng, Legba loasiga qaratilgan hayrlashuv qoʻshigʻi kuylanadi: "Ota Legba darvozani och. Ota Legba darvozani och va meni oʻtkazib yubor. Men loaga minnatdorchilik bildirishim uchun darvozani och".
  • Stolbni atrofida raqsga tushib, mambo (jodugar) oʻzining yordamchilari unsi va la plas bilan birga choʻmichdan suv quyib stolb atrofida Ota Legbi va uyning qoʻriqchisi Ogun Ferrey (Ogou Fer) sharafiga, oʻzidan va yigʻilganlardan yovuz jinlarni haydash uchun sehrli doira chizadi. Ungan (oq sehrgar), bokor (qora sehrgar) yoki mambo yerga unni sepadi va veveni (loa timsollari) chizadi. Keyin, barabanlar jarangiga ekstatik raqs (bilongo) boʻlishi shart. Ayollar oq koʻylaklarda, erkaklar esa kostyumlarda. Omma yetarlicha qizitib olinganidan soʻng, bokor xoʻrozni olib keladi va uni kallasini olib tashlashadi. Keyin santeriya (marosim) ishtirokchilari trans holatiga tushishadi.
  • Qurbonni boshini pastga qaratib oyogʻidan osishadi va qornini marosim qilichi bilan kesishadi. Bunday yoʻl bilan tana qobigʻining tozalanishi roʻy beradi va gunohkorning ruhi VUDU ishonchiga oʻtadi. Bu dinning ashaddiy muhlislari oʻz qurbonlaridan terisini shilib olishadi va bu bilan qobiqning gunohkor ekanligini koʻrsatishadi. Bu ruhning tanadan bemalol chiqishi uchun qilinadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kohinlar xillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ungan (houngan) — ruhoniy.
  • Mambo (mambo) — ayol-ruhoniy.
  • Bokor (bokor) — vudu qoʻgʻirchoqlari va zombilar bilan sehrni amalga oshiruvchi ruhoniy.
  • La plas (la place) — dyakon, ruhoniyning yordamchisi.
  • Unsi (hounsi) — oq rangda kiyingan raqsga tushayotgan qizlar guruhi.

Vudu panteoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Agve (Agwe) — suv xudosi, baliqlar va dengizchilar ma'budasi.
  • Baron Shanba (Baron Samedi, Ghede)— oʻlim va narigi dunyoning xudosi. Silindr taqqan va sigareta ushlagan skelet sifatida tasvirlanadi. U bilan kasallangan rom ichadi.
  • Dambala — Ilonlar bilan bogʻlangan xudo (Avliyo Patrik). Buyuk Zombi. U bilan kasallangan chanqoqlik bilan qiynaladi.
  • Legba (Legba) — eshiklar xudosi (Avliyo Pyotr, chunki odatga koʻra Pyotr Jannatning kalitlari bilan tasvirlanardi). U bilan kasallangan oyoqda turolmaydi.
  • Erzuli (Erzuli — Bibi Maryam) — kelinlik libosidagi goʻzal bokira qiz koʻrinishidagi muhabbat xudosi. Uning timsoli - yurak. Uning ranglari - qizil va havorang.
  • Simbi — mahsuldorlik xudosi.
  • Ogun (Ogu) — urushlar va tabiiy ofatlar xudosi.
  • Ona Brijit — Baron Shanbaning turmush oʻrtogʻi.
  • Marassa (Marassa) — egizak-xudolar.
  • Mademuazel Sharlot — yosh qizchalar ma'budasi.
  • Sobo (Sobo) — fransuz generali koʻrinishidagi xudo.
  • Sogbo (Sogbo) — chaqmoqlar xudosi.
  • Ti-Jan-Petro (Ti-Jean-Petro) — bir oyoqli yoki choʻloq pakana odam koʻrinishidagi yovuz xudo.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]