Vladislav Masalskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladislav Ivanovich Masalski
Tavalludi 30-yanvar 1859-yil
Vilna gubernatorligi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 24-noyabr 1932-yil
Varshava, Polsha
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasiPolsha bayrogʻi Polsha
Sohasi geografiya, botanika
Mukofotlari Faxriy legion ordeni

Vladislav Ivanovich Masalski (polyakcha: Władysław Massalski; 1859-yil 30-yanvar, Vilna viloyati, Rossiya imperiyasi – 1932-yil 24-noyabr, Varshava, Polsha[1]) – knyaz, botanik, qishloq xoʻjaligi olimi, oʻrta osiyolik tadqiqotchi va geograf, sayohatchi[2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladislav Ivanovich Masalskiy Sankt-Peterburg universitetining fizika-matematika fakultetini tabiiy fanlar boʻlimini muvaffaqiyatli tamomlagan. Biroq, uning asosiy qiziqishlari qishloq xoʻjaligi texnologiyasi, gidrologiya va geografiya boʻlgan.

Masalskiy Oʻrta Osiyoni oʻrganish va iqtisodiy rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. U Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyo mintaqalarida paxtachilik va bogʻdorchilik darajasini oshirish masalalari bilan shugʻullangan.

U dasht yerlarini oʻzlashtirish boʻyicha mutaxassis boʻlgan. Toshkent davlat universitetida dars bergan. Toshkent davlat universiteti professori sifatida Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston va Kavkaz mintaqalarida olib borilayotgan qishloq xoʻjaligi, geografik va botanika tadqiqotlariga rahbarlik qilgan[3].

Qozogʻistonni oʻrganishga bagʻishlangan monografiyasi uchun („Turkiston viloyati“, 1913, Sankt-Peterburg) Masalskiy 1914-yilda rus geografiya jamiyati aʼzosi P.P.Semenov nomidagi oltin medal bilan taqdirlangan.

1922-yilda Vladislav Masalskiy polyaklarni vataniga qaytarish doirasida Polshaga joʻnab ketgan va u yerda Polsha geografiya jamiyati raisi etib saylangan.

V.I.Masalskiy Oʻrta Osiyo bilan bogʻliq masalalar boʻyicha koʻplab asarlar va ilmiy nashrlar qoldirgan. Brockhaus va Efron ensiklopedik lugʻatidagi koʻplab maqolalar muallifi hisoblanadi.

U davlat maslahatchisi P.A.Mulyukinning (1827–1902) qizi Vera Pavlovna Mulukina (1863–?) bilan turmush qurgan va Aleksandr (1891-?) va Nina (1895-1979) ismli farzandlar koʻrishgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]