Vladimir Vragov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Nikolaevich Vragov
Fayl:Владимир Николаевич Врагов.jpeg
Tavalludi 2.10.1945
Urganch, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 4.6.2002
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Sohasi Matematika
Ish joylari Novosibirsk Davlat Universiteti
Ilmiy darajasi Fizika-matematika fanlari doktori
Mukofotlari

Vladimir Nikolaevich Vragov (1945-yil 2-oktyabr2002-yil 4-iyun) — sovet va rus matematigi, Novosibirsk davlat universiteti rektori (1993-yildan 1997-yilgacha).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1945-yil 2-oktyabrda Oʻzbekiston SSR Urganch shahrida tugʻilgan. Uning otasi haydovchi bo'lgan va shu sababli oilasi tez-tez ko'chib yurishga majbur bo'lgan.

1963-yilda Novosibirskdagi 10-sonli maktabni tamomlagan va shu yili Novosibirsk davlat universitetining mexanika-matematika fakultetiga o‘qishga kiradi.

1968-yilda universitetni tamomlagach, NDU aspiranturasiga o'qishga kirdi.

1969-yildan Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir filiali Matematika institutida funksiyalar nazariyasi bo‘limida ishlagan.

1971-yilda V.N.Vragov nomzodlik, 1978-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Dissertatsiya himoyasidan so‘ng u Matematika institutiga ilmiy kotib, keyinchalik NDU prorektori etib tayinlandi. Prorektorlik faoliyati bilan parallel ravishda o‘qituvchilik bilan ham shug‘ullangan. Uning rahbarligida 56 ta nomzodlik va 8 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. 1993-yilda Vragov NDU rektori etib saylandi va 1997-yilgacha ushbu lavozimda faoliyat yuritdi. Uning rahbarligida bir qancha yangi taʼlim yoʻnalishlari: “Sharqshunoslik”, “Iqtisodiyot va huquq” mutaxassisliklari, tibbiy-biologiya yoʻnalishi va ilmiy jurnalistika boʻlimi ochildi. 1997-yil bahoridan V.N.Vragov Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir bo'limida YuNESKO kafedrasiga rahbarlik qildi.

Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladimir Vragov Novosibirskdagi janubiy qabristonga dafn etilgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]