Vladimir Sysenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Sysenko
Toʻliq ism Vladimir Anatolievich Sysenko
Tugʻilgan vaqti 19-aprel, 1962-yil (61 yosh)

Shahrinav, Tojikiston SSR, SSSR

Fuqaroligi SSSRUkraina
Boʻyi 181 sm
Pozitsiya Himoyachi
Jamoa haqida maʼlumot
Jamoasi Poltava
Lavozim Bosh murabbiy
Klub faoliyati
1978—1983 Pomir 18 (0)
1984—1985 Dinamo (Samarqand) 54 (1)
1986—1989 Pomir 93 (1)
1990 Kuban 32 (0)
1991 Navbahor 42 (0)
1992—1994 Vorslavka 89 (0)
1994 Krivbas 0 (0)
1995 Kuban 13 (0)
1995 Okean 18 (0)
1996 Rubin 13 (0)
1997 Elektron (Romni) Havaskor
1997 Lokomotiv (Znamenka) Havaskor
1998 Zarafshon 24 (0)
2000 Jetisu 7 (0)
Murabbiylik faoliyati
2011—2014 Poltava
2019— Poltava

Vladimir Anatolievich Sysenko (inglizcha: Володимир Анатолійович Сисенко; 1962-yil 19-aprel, Shahrinav, Tojikiston SSR) — sovet va ukrainalik futbolchi, himoyachi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dushanbe yaqinidagi Shahrinav qishlogʻida tuʻilgan Sisenko, futboldagi professional debyutini 1980-yilgi SSSR Birinchi Ligasi yakunida „Pomir Dushanbe“ klubi tarkibida „Fakel Voronej“ jamoasiga qarshi mezbonlik uchrashuvida zaxiradan maydonga tushgan.

1978-yildan 1989-yilgacha u "Pomir Dushanbe" jamoasi safida oʻynagan, shu vaqt ichida 110 ta oʻyin oʻtkazgan, 1988-yil SSSR Birinchi Ligasi gʻolibiga aylangan. 1982 va 1983-yillarda unga bir oz kamroq oʻyin vaqti berildi, buning natijasida oxir-oqibat Samarqandning „Dinamo“ klubiga oʻtib, bir necha mavsum quyi ligada oʻynagan. 1986-1989-yillarda Sisenko oʻzining tugʻilib oʻsgan shahri Dushanbening „Pomir“ jamoasining asosiy oʻyinchisi aylangan va 1989-yilgi Sovet Oliy Ligasida debyut qilgan. 1989-yil SSSR Oliy ligasida 19 tasida oʻyinda qatnashdi. U 1990-yilgi mavsumni Kuban Krasnodar klubi oʻtkazdi, 32 ta uchrashuvda maydongga tushdi[1]. 1991-yili "Novbahor" jamoasi safida[2] oʻynagan, 42 oʻyin oʻtkazgan.

1990-1994 yillarda Sovet Ittifoqi parchalangan paytda Sisenko Rossiya Federatsiyasi, Oʻzbekiston va Ukrainaning ikkinchi darajali jamoalarida oʻynagan.

U 1995-yilgi mavsumni Okeanda boshladi, 18 ta jamoaviy uchrashuvda qatnashdi, shundan soʻng Kuban klubiga qaytdi va u yerda mavsumni 13 ta oʻyin bilan yakunladi[3][4]. 1996-yilda u „Rubin“ jamoasiga oʻtdi va u yerda 13 ta uchrashuv oʻtkazdi. 1995-yildan keyin u Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Markaziy Osiyoning quyi toifali yoki havaskor jamoalarida oʻynagan[5] va 2000-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan[6].

2011-yilda Vladimir oʻzi boshqaradigan SC Poltava hammuassislaridan biriga aylandi[7][8].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „НАСЛЕДИЕ-1990“. 2011-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-mart.
  2. „СССР. Сезон — 1991. Первая лига“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-mart.
  3. „НАСЛЕДИЕ-1995“. 2011-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-mart.
  4. NASLYeDIYe-1990 (rus.)
  5. SSSR. Sezon — 1991. Pervaya liga (rus.)
  6. NASLYeDIYe-1995 (rus.)
  7. STAN ChASTIChKOY NARODNOY KOMANDI — SK „POLTAVA“!. poltava.to. 18 April 2014
  8. Stanislav Mayzus: Blagodarya usiliyam prezidenta kluba Sergeya Ivaщenko nam udalos soxranit SK Poltava. Sport Arena. 17 July 2022

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]