Vladimir Nikolskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Futbol
Vladimir Nikolskiy
Toʻliq ism Vladimir Valentinovich Nikolskiy
Tugʻilgan vaqti 22-fevral 1949-yil (1949-02-22) (75 yosh)
Sankt-Peterburg, SSSR
Fuqaroligi Flag SSSR SSSR
Pozitsiyasi Hujumchi
Klub faoliyati
1966—1968 Flag SSSR Dinamo (Leningrad)
1968—1972 Flag SSSR Zenit (Leningrad) 19 (1)
1973—1976 Flag SSSR Dinamo (Leningrad) 117 (36)
1977 Flag SSSR Amudaryo (Nukus)

Vladimir Valentinovich Nikolskiy (1949-yil 22-fevral, Leningrad, SSSR) – sovet futbolchisi, hujumchi. SSSR sport ustasi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leningrad futboli makatabida tarbiyalanuvchisi. 1960-yildan „Dinamo“ jamoasida professional futbolda faoliyatini boshlagan. 1966—1968-yillarda „Dinamo“ jamoasining asosiy tarkibidan joy olgan. 1968—1972-yillarda Leningradning boshqa bir jamoasi "Zenit" klubi safiga oʻtdi va asosiy jamoa tarkibida 19 oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. 1973—1976-yillarda yana faoliyatini boshlagan klubi „Dinamo“ga qaytdi va SSSR Ikkinchi ligasida 117 oʻyin oʻtkazib, 36 gol muallifiga aylandi. Faoliyatida soʻnggi professional jamoasi „Amudaryo“ Nukus klubiga 1977-yilda oʻtdi va SSSR ikkinchi ligasida uchta gol urgan. „Zenit“ tarkibida oʻynaganidan keyin Odessa jamoasiga ruxsatsiz koʻchib oʻtgani uchun u ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi. Keyinchalik u Leningradning „Svetlana“, „Skoroxod“, „Lenttransagentstvo“ havaskorlar klublarida oʻynagan.

Lesgaft nomidagi universitetini tamomlagan (1974—1982).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Profil FootballFacts.ru saytida
  • Lukosyak Yu. P. „Istoriya peterburgskogo futbola. Kto est kto v peterburgskom futbole“. – SPb.: Soyuz xudojnikov, 2011. – 280 s. il., ISBN 978-5-8128-0111-3, s. 155