Vladimir Kaydalov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vladimir Yelpidiforovich Kaydalov (1907.27.7, Barnaul — 1985.21.4, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1957). 1932-yildan Oʻzbekistonda. K. asarlari milliy koloriti, hayot boʻyoqlar vositasida jozibali ifodalangani bilan diqqatga sazovor. Ijodi mavzu va janr jihatidan rang-barang . Dastlab gaz. va jurnal nashriyotlarida rassom boʻlib ishlab grafika usullarini oʻrgandi. Taniqli kishilar (Y. Oxunboboyev, Hamza, S. Ayniy, Gʻ. Gʻulom, A. Hidoyatov va b., 1932—40) portretlarini yaratdi; 1940—47-yillarda Navoiy portretini yaratish ustida ishladi. Linogravyura (Oybek, 1974; O. Sobirova, 1977), ksilografiya (A. Qahhor, S. Borodin, 1980), moyboʻyoq (Navoiy, 1972 va b.)da ijod qilib portret ustasi sifatida tanildi. Navoiyning "Hamsa"si (1948), koʻpgina ertak va dostonlar ("Oʻzbek xalq ertaklari", "Alpomish", "Qirq qiz" va b.) ga ishlagan bezaklari bilan Oʻzbekistonda kitob grafikasi rivojiga samarali taʼsir koʻrsatdi. Koʻp sonli dastgoh grafikasi asarlari ("Kattaqoʻrgʻon suv ombori" litografiya turkumlari va b.) hamda plakatlar yaratgan, kartinalar ustida ishlagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil