Vladimir Golovin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikita Grigoryevich Brilyov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 28-avgust 1922-yil
Моskva
Vafoti 27-yanvar 1989-yil (66 yosh)
Тoshkent
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSR
Qoʻshin turi piyoda
Xizmat yillari 1918 — 1953
Unvoni
general-mayor
Mukofotlari


Vladimir Aleksandrovich Golovin (1922-yil 28-avgust, Moskva — 1989-yil 27-yanvar, Toshkent) — Oʻzbekiston SSR KGB raisi, KGB general-leytenanti, tarix fanlari nomzodi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy maktabni tamomlagan. Moskva yuridik instituti bitiruvchisi.

1941-yildan Qizil Armiya safida xizmat qilgan. Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan[1].

1942-yildan Ichki ishlar xalq komissarligi tuman bo‘limining tezkor xodimi sifatida davlat xavfsizlik organlarida xizmat qila boshlagan. 1944-yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzosi[1]. 1944-yildan Davlat xavfsizligi xalq komissarligining G‘arbiy Ukrainadagi tergov bo‘linmalarida, 1947-yildan SSSR Davlat xavfsizlik vazirligining markaziy apparatida ishlay boshlagan. Chet elda uzoq muddatli xizmat safarlarida bo‘lgan. 1960-yillardan SSSR Vazirlar Soveti huzuridagi KGBning 2-bosh boshqarmasi va 5-boshqarmasida xizmat qilgan.

1970-1974-yillarda Gruziya SSR 8-chaqiriq SSSR Oliy Kengashi Millatlar Kengashi deputati[2]. 1984-1989-yillarda Qoraqalpogʻiston ASSR XI chaqiriq SSSR Oliy Soveti Ittifoq Kengashi deputati boʻlgan[3].

1977-1983-yillarda SSSR KGB 5-boshqarmasi (terrorizmga qarshi kurash) 7-bo‘limi boshlig‘i, polkovnik[4]; 1981-yil 17-dekabrda Sarapul shahridagi 2 qochoq tomonidan garovga olingan maktab o‘quvchilarini ozod qilish bo‘yicha tezkor shtab ishida ishtirok etgan[5].
1983-yil 1-sentabrdan 1989-yil 27-yanvargacha O‘zbekiston SSR KGB raisi, general-leytenant;

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „ГОЛОВИН Владимир Александрович“. 2016-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-aprel.
  2. „Список в Справочнике по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. 2013-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-aprel.
  3. „Депутаты Верховного Совета СССР {{comment|XI-go|tak v istochnike}} soziva 1984—1989“. 2013-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-aprel.
  4. „7-й — 6-й отдел“. 2016-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-aprel.
  5. „ЗАХВАТ В САРАПУЛЕ“. 2016-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-aprel.