Sarapul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sarapul — Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya Respublikasidagi shahar (1780-yildan). Kama daryosining oʻng sohilidagi yirik port. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 107,4 ming kishi (1998). Iqtisodiy ahamiyati jihatidan Respublikaning Ijevskdan keyingi 2shahri. Koʻn va poyabzal sanoatining qad. markazi. Mashinasozlik (mudofaa mahsuloti, radiostansiyalar, avtomobil radiopriyomniklari, uyroʻzgʻor elektr asboblari, neft sanoati jihozlari va boshqa ishlab chiqarish) rivojlangan. Yogʻochsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoatlari korxonalari bor. Ijevsk mexanika institutining filiali, bir necha oʻrta maxsus bilim yurti, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. 19—20-asr boshlari meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil