Vivipariya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vivipariya (lot. vivus — tirik, pario — tugʻaman) — urugʻning pishib yetilmagan meva ichida ona oʻsimlikning oʻzidan koʻkarib chiqishi. Oʻta nam iqlimli tropik daraxtlarning pishmagan mevalarida ildizchali murtagi — gipokotili paydo boʻladi. Murtak uz. 50—70 sm ga yetgach, uzilib, tuproqqa tushib oʻsa boshlaydi. V. tashqi koʻrinishdan donli oʻsimliklarning ildiz hosil qilib oʻsib chiqishiga oʻxshaydi. Guldagi metamorfoz tufayli piyozchalar (qoʻngʻirbosh) va tuganaklarni (tirik tugʻar grechixa) tez oʻsib chiqib oson toʻkilishi ham V. deyiladi. Bunday holat yashash muhiti juda noqulay boʻlgan qutb, baland togʻ va choʻl mintaqalarida uchraydi. V. oʻz mohiyatiga koʻra vegetativ koʻpayish hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil