Vitim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vitim
Tavsif
Uzunligi 1 837
Maydoni 225 000 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Vitim

Vitim (yuqori qismida — Vitimkan) — Sharqiy Sibirdagi daryo, Lenaning yirik oʻng irmogʻi. Ikat tizmasining sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Uzunligi 1837 km, havzasining mayd. 225 ming km2. Yuqori va oʻrta qismida jan.-sharq va sharqdan Vitim yassitogʻlarini aylanib, quyi qismida esa Stanovoy togligi va Patom togʻligi oʻrtasidan oqib oʻtadi. Togʻlar orasidan chiqqach, daryo vodiysi kengayadi; quyilish joyida kattagina delta hosil qilgan. V., asosan, yomgʻir, qisman qor va grunt suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1520 m3/sek. V. noyabr boshlaridan mayning oʻrtalarigacha muzlab yotadi. V.da quyilish joyidan Bodaybo sh.gacha (300 km) kema qatnaydi. V. havzasida oltin va slyuda konlari bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil