Vitgenshteyn Lyudvig

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

VITGENSHTEYN (Wittgenstein) Lyudvig (1889.26.4, Vena - 1951.29.4, Kem-brij) — avstriyalik faylasuf va mantiqshunos, analitik falsafa namoyandasi. 1929 y.dan Angliyada yashadi, Kembrij un-ti prof. (1939—47). Falsafiy faoliyatining dastlabki davrida, B. Rassedlan keyin falsafani mantiqiy tahlil qilishni ishlab chikdi. V. "Mantiqiy-falsafiy risola" (1921) asarida oʻzi yaratgan sunʼiy til qurilishi tartiblarini tekshirdi. Uningcha, bu til mantiqiy jihatdan bekam-koʻst,yaʼni oddiy (tabiiy) tiddagi koʻp maʼnoli soʻzlardan, mantiqiy noanikliklardan xoli. V. tildan, ongdan tashqari obʼektiv reallik, borliq mavjudligini inkor etdi. V.ning taʼkidlashicha, tildagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf qilish falsafaning vazifasidir. V.ning bu qarashlari lingvistik falsafa taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil