Vinilidenxlorid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vinilidenxlorid, 1,1-dixloretilen, CH2=CCl2 — rangsiz suyuqlik; hidi xloroform hidiga oʻxshab ketadi. Molar massasi 96,94; qaynash harorati 31,7°, zichligi 1212 kg/m3. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Havoda oʻz-oʻzidan polimerlanadi, shuning uchun ingibitorlar, masalan, gidroxinon ishtirokida saqlanadi. 1,1,2-trixloretanni degidroxlorlash yoʻli b-n olinadi. Vinilidenxlorid sopolimerlar, polivinilidenxlorid, metilxloroform va boshqa organik birikmalar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil