Vilis Latsis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vilis Tenisovich Latsis [1904. 29.4(12.5), Rinuji qishlogʻi, hozirgi Riga tumani — 1966.6.2, Riga] — Latviya xalq yozuvchisi (1947), davlat va jamoat arbobi. Dastlabki asarlari — "Ayol" (1930) novellasi va "Ozodlikka chiqqan yirtqich" fantastik romani (1931). Romanlarida latish xalqining hayoti aks ettirilgan ("Qanotsiz qushlar", trilogiya, 1931 — 33; "Baliqchi oʻgʻli", 1 — 2-kitob, 1933 — 34; "Boʻron", 1 — 3-kitob, 1945 —48). L. "Yangi qirgʻoq sari" (1950—51), "Dengiz boʻyidagi qishloq" (1954), "Momaqaldirokdan soʻng" (1962) va boshqa romanlar muallifi. "Boʻron" romani va boshqa asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. As: Baliqchi oʻgʻli, Roman, 1958; Vatanni qoʻmsab, T., 1961.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil