Viktorija Loba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Viktorija Loba

Loba 2016 - yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 17-oktyabr 1988-yil (1988-10-17) (35 yosh)
Fuqaroligi SSSR va Rossiya
Kasbi Qo'shiqchi
Janr Pop
Faoliyat yillari 2003–hozirgacha

Viktoriya Loba ( maked.: Викторија Лоба ; ruscha: Виктория Лоба ,1988-yilning 17-oktabrda dunyoga kelgan) — rossiyada tug'ilgan makedoniyalik qoʻshiqchi.

Shaxsiy hayoti va musiqa faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Loba Taganrog shahrida tavvalud topgan. Loba 8 yoshida oilasi bilan Rossiyadan Shimoliy Makedoniyaga ko'chib ketadi[1]. U yoshligidan Makedoniyadagi musiqali sahna ko'rinishlarida va televideniyada rollar o'ynay boshlaydi. 15 yoshida Loba 2003-yilda Daniya, Kopengagenda bo'lib o'tgan Junior Eurovision 2003 qo'shiq tanlovida Makedoniya nomidan Mariya Arsovska bilan birga " Ti ne me poznavaš " (Siz meni tanimaysiz) qo'shig'i bilan 12-o'rinni egallagan[2].

Loba 2008-yildan 2010-yilgacha Braziliyada,Portugaliya va Kubadagi musiqalarni ijro etuvchi makedoniyalik "Tumbao Salsa Band" guruhining bosh vakili hamda bosh qo'shiqchisi bo'lgan.

2011-yilda Ohrid Fest Loba "Nine things" (Devet raboti) qo'shig'i bilan pop kechasi 2-milliy mukofotini va xalqaro kecha 3-milliy mukofotini qo'lga kiritdi.

2013-yilda "Yozgi sevgi" so'nggi hit musiqasi bilan Gollandiyaning yosh iste'dodlar ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi. Spinnin Records da uzoq vaqt davomida o'sha o'rinda qoldi. 2014-yilda Makedoniyada boʻlib oʻtgan “Makfest” xalqaro festivalida Loba “Samo moj” qoʻshigʻi bilan “Eng yaxshi ijro” mukofotini qoʻlga kiritadi.

U o'zining Edna edinstvena qo'shig'i bilan Evrovidenie 2015 qo'shiq tanlovi 2015-yilgi milliy finalida Makedoniyani vakillik qilishga urinib ko'rdi va umumiy hisobda 7-o'rinni egalladi. Daniel Kaymakoski 2015-yilgi musobaqada Makedoniya vakili bo'ldi[3].

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Viktorija Loba, šarmantna Makedonka ruskog porijekla“ (sh). Klix.ba (2018-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 12-iyul.
  2. Muldoon, Padraig. „Junior Eurovision 2003: Where are they now?“. Wiwibloggs (2015-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 12-iyul.
  3. Weaver, Jessica. „FYR Macedonia: Skopje Fest participants revealed“. ESCToday (2014-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 12-iyul.

Andoza:Junior Eurovision Song Contest 2003Andoza:North Macedonia in the Junior Eurovision Song Contest