Vergiliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vergiliy
Publius Vergilius Maro
Publius Vergilius Maro1.jpg
Tavallud sanasi: 15 oktabr, mil. av. 70 y.
Tavallud joyi: Mantui
Vafot sanasi: 21 sentabr, mil. av. 19 y.
Vafot joyi: Brundizium
Kasb:
Faoliyat: Qadimgi Rimlik shoir
Janr: epik sheʼriyat

Publius Vergilius Maro (Publiy Vergiliy Maron) (15 oktabr, mil. av. 70 y. Mantui yaqinida - 21 sentabr, mil. av. 19 y.) — Qadimgi Rimning eʼtiborga sazovor shoirlaridan biri. Epik dostonning yangi turini yaratdi.

VERGILIY (Vergilius) Maron Publiy (mil. av. 70. 15. 10-19.21.9) - Rim shoiri. Rim respublikasi inqirozining guvohi boʻlgan. "Bukolikalar" ("Choʻpon qoʻshiqlari"; mil. av. 42—38) va "Georgikalar" ("Dehqonchilik haqida doston"; mil. av. 36—29) dostonida tinch qishloq hayoti, choʻponlarning tabiat quchogʻidagi osoyishta, farogʻatli turmushi madh etiladi. V. ning mashhur "Eneida" dostoni troyalik qahramon Eneyning darbadar kezishlari va u qatnashgan urushlar tasviriga bagʻishlangan. Bu asari "Iliada" va "Odisseya"ga taqpidan yozilgan, unda Qad. Italiya manzarasi koʻtarinki ruhda tasviretilgan. V. ijodi klassitsizm davri sheʼriyati uchun namuna hisoblangan. Dostonlaridan parchalar Oybek tarjimasida nashr qilingan (1939).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil