Vaza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vaza (frans. vase, lot. vas — idish) — meva, gul va b. narsalar uchun ishlatiladigan badiiy buyum. Sopol, shisha, chinni, metall va b. xom ashyolardan turli shakllarda yasaladi, boʻyama, oʻyma, chizma va boʻrtma naqsh, tasvirlar b-n bezatiladi. V. tayyorlash va bezash antik sanʼatda muhim oʻrin egallagan: kora va qizilga boʻyalgan tayyor V. ga rassom naqsh, tasvir ishlagan, keyin kora lok b-n boʻyagan; qoliplar yordamida ham V. tayyorlangan. Yunonlarning bu sanʼati Yevropada V. ni tayyorlash va bezash sanʼati uchun namuna boʻlib xizmat qilgan. Oʻrta Osiyoda ham qadimdan V. turi (koʻza, koʻra, amfora va b.) tayyorlangan, ular naqsh, tasvirlar b-n bezatilgan, arablar istilosidan soʻng esa uslublashtirilgan oʻsimliksimon va girih naqshlar b-ngina bezalgan. Hozirda OʻzRdagi chinni z-dlarda, kulollik ustaxonalarida bezatilgan, badiiy qimmatli (tasvirlar, mashhur kishilarning portreti ishlangan) V. turlari koʻplab ishlab chiqariladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil