Vaspurakan podsholigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vaspurakan podsholigi - oʻrta asrlarda Vaspurakan viloyatida joylashgan arman davlati (908—1021). Vaspurakan podsholigiga Van koʻli atrofidagi hududlar kirgan. Aholisi 1 mln. kishidan ziyod boʻlgai. Vaspurakan podsholigida 10 ga yaqin shahar, 4 mingdan ortiq qishloq, 72 qalʼa, 115 monastir mavjud edi. 11-a. boshlarida Vaspurakan podsholigiga turkiy qabilalar tez-tez hujumlar qilib turganlar. Vizantiya tomonidan bosib olingan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil