Vasiliy Pak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vasiliy Pak
Tavalludi 1916-yil 30-dekabr
Vafoti 16-may 1986-yil
Toshkent
Unvoni

Vasiliy Pak, norasmiy ruscha sharifi – Aleksandrovich (1916-yil 30-dekabr, Rossiya imperiyasi, Primorsk viloyati, Vladivostok tumani, Ussuriysk tumani, Zarechye qishlogʻi – 1986-yil 16-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani Sverdlov nomidagi kolxoz brigadiri. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951)[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasiliy Pak 1916-yil 30-dekabrda Ussuriysk tumani Zarechye qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topgan. 1932-yilda tugʻilib oʻsgan qishlogʻida yetti yillik maktabni tamomlagan. Keyinchalik Budennovskiy tumani, Nikolayevka qishlogʻida yashagan. 1937-yilda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatiga surgun qilingan. 1937-yildan Yuqori Chirchiq viloyati Sverdlov nomidagi kolxozda oddiy kolxozchi, dala mudiri va haydovchi boʻlib ishlagan[2].

Vasiliy Pak jamoasi 1950-yilda 34 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 134,8 sentnerdan yashil kanop olgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 22-maydagi farmoni bilan Pak Lenin ordeni, „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali va Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1953-yilda katta mehnat yutuqlari uchun ikkinchi bor Lenin ordeni bilan taqdirlangan.

Vasiliy 1965-yildan Rostov viloyatining Tsimlyanskiy tumanida yashab, „Dobrovolskiy“ gʻallachilik fermasida ishlagan. Keyingi yillarda turli qishloq xoʻjaligi korxonalarida faoliyat olib borgan. Tsimlyanskiy tumanidagi „Bolshovskiy“ sovxozida ishchi (1967–1969), Qalmogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasidagi „Vosxod“ sholichilik sovxozida agronom (1970–1971), Tsimlyansk viloyati „Potapovskiy“ sovxozida ishchi (1971), Krasnodar oʻlkasi Tbilisi tumanidagi „Kavkaz“ kolxozida oddiy kolxozchi (1972), Krasnodar „Solnechniy“ (1973-1974) va „Pashkovskiy“ (1975) sovxozlarida ishchi boʻlgan.

Pak 1970-yillarning oxirida Volgodonskda, keyinchalik Toshkentda yashagan. 1986-yil may oyida vafot etgan. U sobiq „Politotdel“ (hozirgi Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani) kolxozi qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pak Vasiliy Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, ikki marta Lenin ordeni hamda „1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ВЭКС. Герой Социалистического труда Пак Василий“ (2021-yil 7-fevral). Qaraldi: 2023-yil 29-noyabr.
  2. „Пак Василий“. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.