Vanilin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vanilin (3-metoksi, 4-gidrooksibenzaldegid), SHN8O, — vanil hidi keladigan rangsiz, achchiq kristall modda. Mol. m. 152,15. Suyuqlanish t-rasi 81—83", qaynash t-rasi 284-285° (SO2 muhitida). T-ra koʻtarilganda parchalanmay, sublimatlanadi. Suvda oz eriydi, spirt, efir, xloroform va b. erituvchilarda yaxshi eriydi. V. vanil mevalarida glikozid holida uchraydi. Sintetik V. lignindan, gvayakol hamda evgenoldan olinadi. Oziq-ovqat, atir-upa sanoatida va tibbiyotda ishlatiladi. V.ning qand kukuni bilan aralashmasi "vanil shakari" muzqaymoq va turli qandolat mahsulotlari i.ch.da qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil