Van Gog Sindromi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Van Gog Sindromi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Van Gog sindromi - (ingliz tilida. The Van Gogh Syndrome) bemor o'zining tana a'zolarini jarrohlik yo'li bilan kesib tashlashga harakat qilishi yoki jarrohlardan shuni talab qilishida kuzatiladi. Ba'zi mutaxassislar bu holatni sindrom emas, ruhiy kasallik deb hisoblashadi.

Klinik kartina[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sindromning asosiy klinik xossasi o'z-o'zini kesish, jarohat yetkazish vatana a'zolarini kesib tashlash va/yoki tibbiyot xodimlaridan organini kesib tashlashni qat'iy talab etishda namoyon bo'ladi.

Van Gog sindromi ipoxondrik hayollar va impuldiv gallyutsinatsiyalar tufayli paydo bo'lishi mumkin. Sindrom asosan shizofreniyada (ruhiy kasallik bo'lib fikrlay olish va emotsiyalarni boshqarish qobiliyatlarining yo'qolishi bilan baholanadi], tana dismorfik kasallillarida va dismorfomania paytida eng ko'p uchraydi

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sindrom dunyoga mashhur niderland - fransuz rassom - postimpressionisti Vinsent Van Gog sharafiga nomlangan. Ma'lumotlarga ko'ra u shu sindromdan aziyat chekkan va sindrom kuchaygan paytida qulog'ini amputatsiya qilgan.

Bir versiyaga ko'ra, kasallik o'tkirlashgan payta Van Gogning o'zi qulog'ini kesa boshlagan. Boshqa versiyaga ko'ra esa, bu ishni Van Gog bilan Reychel ismli yengiltabiat ayol ustida tortishib qolgan Pol Gogin duel paytida qilgan. Vinsent Van Gogga Arl shifoxonasida isterik idrokning yo'qolishi tashxisi qo'yilgan. Nima bo'lganda ham sindrom hozirgi nomini Van Gog haqidagi afsonalar tufayli olgan.

Polixirurgiyaga qaramlik tushunchasi birinchi marta amerikalik psixiatr Karl Menninger tomonidan 1934-yilda The Psychoanalytic Quarterly jurnalida ba'zi ruhiy kasallarning polixirurgik ya'ni ko'p martali jarrohlik amputatsiyalarga obsessiv munosabati sifatida bayon etilgan.

Yana ko'ring[tahrir | manbasini tahrirlash]