Valyuta nazorati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Valyuta nazorati — davlat tomonidan chet el valyutasi hamda valyuta boyliklari bilan bogʻliq muomalalarda muayyan cheklashlarning joriy qilinishi. V.ch.ning odatdagi koʻrinishi milliy valyutani chet el valyutasiga ayirboshlash. chet el valyutasini mamlakat hududiga olib kirish va olib chiqib ketish, banklarning valyuta operatsiyalari, banklarning vakillik hisob raqamlariga limitlar joriy etish kabilarda namoyon boʻladi. V.ch. tadbirlari chet mamlakatlarga oltin va qimmatbaho qogʻozlar chiqarishni cheklash koʻrinishida amal qilib, mamlakat valyuta siyosatining harakterli belgilaridan biri hisoblanadi hamda u toʻlov balansining passivligi, oltin va b. valyuta rezervlarining kamayib ketganligi bilan bogʻlik. Dastlab V.ch. baʼzi davlatlarda (Yevropa davlatlari) 1-jahon urushi davrida joriy etilgan va 1929—33 y.lardagi jahon iqtisodiy tangligi davrida, ayniqsa keng tus oldi. 2-jahon urushidan keyingi yillarda faqat AQSH, Kanada, Shveysariya va Lotin Amerikasining bir necha davlatlaridagina valyuta muomalalari cheklanmagan edi. Hoz. vaqtda deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda V.ch. mutlakr olib tashlangan, V.ch. amal qilayotganlarida esa uning zaif koʻrinishi qolgan, xolos. Mas., Buyuk Britaniyada V.ch. 1979 y.dan buyon mutlaqo yoʻq. Hoz. paytda Xalqaro valyuta fondiga aʼzo 60 dan ortiq mamlakatlardagi koʻpgina operatsiyalarda V.ch. umuman qoʻllanilmaydi. 1992 y.da Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar valyuta integratsiyasini takomillashtirish yoʻnalishidagi kapitallar harakatida cheklovlar butunlay bekor qilindi. Hoz. Oʻzbekistonda ham valyuta muomalalarini tartibga solishda xorijiy valyutani olib kirish, almashtirish, valyuta muomalalari va b.da qisman V.ch. joriy qilingan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil