Vallisneriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vallisneriya, suvyaproq (Vaillisneria) — suvguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Suv ichida usadi. Bargi ingichka, tasmasimon, uz. 75 sm ga yetadi. Gullari mayda, ikki uylik. Changchi gullari dastlab suv ichida rivojlanadi, keyinroq uzilib suv yuzasiga koʻtariladi. Urugʻchi gullarining gulbandlari dastlab spiral shaklda oʻralgan boʻlib, keyinchalik choʻzilishi tufayli suv yuzasiga koʻtarilib changlanadi. Changlangan gulning gulbandi yana qisqarib oʻraladi va suv ostiga choʻkib, meva tugadi. Spiral V. (V.spiralis), odatda, oqmas va tinch oqadigan chuchuk suvlarda 1 m gacha chuqurlikda uchraydi. Oʻrta Osiyo, Yevropa va Osiyoning chuchuk suvli havzalarida tarqalgan. Yozning ikkinchi yarmida gullaydi. Spiral V. ildiz otadigan novdalari yordamida vegetativ koʻpayadi. Koʻpincha akvariumlarda koʻpaytiriladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil