Valentin Glushko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Valentin Petrovich Glushko [1908.2.9, Odessa - 1989, Moskva] — energetik, akademik (1958). Raketa texnikasi asoschilaridan biri. Asosan kosmonavtika masalalari bilan shugʻullangan, kosmonavtikaga oid ilmiy-ommabop va ilmiy asarlar yozgan. G.ning asosiy nazariy va amaliy ilmiy ishlari suyuqlikli raketa dvigatellarini yaratish va takomillashtirishga bagʻishlangan. G. jahonda birinchi elektrotermik raketa dvigateli (ERD) konstruktori (1929—30). G. birinchilar qatorida suyuqlikli raketa dvigatellari - JRD (1930-31), ORM-1, ORM-102 (1930-38), RD-3 (193946) va b.ni yaratgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil