Valensiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Valensiya — Venesuela shim.dagi shahar. Valensiya koʻli sohilida joylashgan. Karabobo shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 903 mingdan ziyod kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Avtomobil yoʻllari tuguni, t. y. orqali Karib dengizi va Karakas sh. bilan bogʻlangan. Mamlakatning q. x. rayoni markazlaridan biri. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻn poyabzal, neft kimyosi sanoati, sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik korxonalari, avtomobil, sement, shina va mebel zavodlari bor. V.ga 1555 y.da asos solingan. Shahar ikki marta (1812 va 1830 y.larda) mamlakat poytaxti boʻlib turgan. 19-a. meʼmoriy yodgorliklari: ispanlar davrida qurilgan sobor, teatr saqlangan. Un-t bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil