Valanjin yarusi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Valanjin yarusi (Shveysariyadagi Nevshatel sh. yaqinidagi Valanjen qasri nomidan) — quyi boʻr sistemasi (davri) pastdan ikkinchi yarusi. 1853 yilda Dezor (Desor) alohida yarus qilib ajratgan. Dastlab aniqlangan joyida dengiz tipratikani, lelesipoda va ammonitli ohaktoshlardan tashkil topgan. V.ya. jinslari Ukrainada hamda Alp, Karpat toglari va Kavkazda bor. V.ya. qizgʻish ohaktoshli jinslari Oʻzbekiston (Hisor togʻlari)da ajratilgan. Bir oz gips va fosforit qatlamlari ham uchraydi. Buxoro viloyatida qumtosh, qizil gillardan iborat V.ya.da neft uyumlari bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil