Vahob Rahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vahob Rahmonov — (1940, Tojikiston) adabiyotshunos, Filologiya fanlari nomzodi (1968), dotsent.

Vahob Rahmonov
Tavalludi 1940-yil 12-aprel
Tojikiston Xoʻjand tumani Yova qishlogʻi
Yoʻnalish Adabiyotshunoslik
Mukofotlari Xalqaro bobur mukofoti

Vahob Rahmonov 1940-yil 12-aprelda Tojikistonning Xoʻjand tumani Yova qishlogʻida tugʻilgan. Xoʻjand Pedagogika instituti (hozirgi Xoʻjand davlat universiteti)ni tugatgan (1963).

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoʻjand pedagogika institutida oʻqituvchi (1963—1976), Samarqand davlat universiteti aspiranti (1965—1968), Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1977—1986) va Guliston davlat universiteti dotsenti (1986—2004).

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning „Sheʼr sanʼatlari“ (1972, 2001), „Oʻzbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lugʻat“ (1983), „Badiiy sanʼat jozibasi“ (hammuallif, 2005) kabi asarlari chop etilgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori (2008)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 288 bet.