Vadim Zaxarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vadim Pavlovich Zaxarov
Tavalludi 1896-yil 21-may
Rossiya imperiyasi Sankt-peterburg
Vafoti 1983-yil 18-mart
OʻzSSR Toshkent
Fuqaroligi Rossiya Rossiya imperiyasi -  SSSR
Sohasi Gidroenergetika
Ish joylari

Qozogʻiston energetika ilmiy-tadqiqot instituti

Markaziy Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot instituti
Taʼlimi Moskva elektrotexnika instituti
Ilmiy darajasi Texnik fanlar doktori
Ilmiy unvoni Qozogʻiston Respublikasi MFA akademigi
Mukofotlari

Vadim Pavlovich Zaxarov (1896-yil 21-mayda, Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasida tugʻilgan — 1983-yil 18-martda Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — rus va sovet olimi, texnika fanlari doktori (1945-yil), professor (1950-yil), Qozogʻiston SSR Milliy Fanlar akademiyasi akademigi (1958-yil), Qozogʻiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1961-yil).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1923-yili Moskva elektrotexnika institutini tugatgan;
  • 1924-1926-yillarda Turkvodxoz (Oʻrta Osiyo xalqlarining Amudaryo

va Sirdaryo suv resurslarini boshqarish boʻyicha birinchi qoʻshma tashkilot) muhandisi;

  • 1929-yilgacha UzVSNX (OʻzXalq xoʻjaligi oliy kengashi) ruxsati bilan energetika muhandisi;
  • 2 yildan soʻng Chirchiqqurilish elektromexanika boʻlimi boshligʻi;
  • 1934-1937-yillarda „Oʻzenergoloyiha“ bosh muhandisi[1];
  • 1944-1962-yillarda katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri;
  • 1962-1978-yillarda Qozogʻiston energetika ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy maslahatchi;
  • 1978-yildan Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimi (Toshkent) sifatida faoliyat olib borgan.

Professor 1983-yilning 18-marti (86 yosh)da Toshkentda vafot etgan va shahardagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.[2].

Akademik Vadim Pavlovich Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston Respublikalarida kompleks gidroelektrostansiyalar uchun suv xoʻjaligi va energetika-iqtisodiy hisob-kitoblar metodologiyasi, elektrlashtirish va gidroenergetika boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqqan.

Kamtarona mehnatlari SSSRning davlat mukofoti – „Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni“ va „Shon-sharaf belgisi“ ordeniga munosib koʻrilgan.

Ilmiy ishlari

„Научные основы водохозяйственных и энерго-экономических расчетов ГЭС“, 1949-yil;

„Проблемы общей энергетики и ЕЭС Казахстана“, 1967-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Захаров Вадим Павлович (1896-1983)“. "HeritageNet - Central Asia". 2018-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
  2. „Захаров Вадим Павлович (1896.21.V-1983.18.III)“. Агентство по уходу за памятниками и могилами в Ташкенте. 2017-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.