VI-XII asrlarda Hindistonda feodal munosabatlarning rivojlanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

XI-XII asrlarda hind jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim voqea ro‘y berdi. Bir tomondan renta solig‘i olinadigan yerlar ko‘plab in’om qilinadigan bo‘lgan. Bunday yerlarga ega bo‘lganlar ham markaziy hukumatga nisbatan, ham o‘zlariga tobe bo‘lgan aholiga nisbatan yanada ko‘proq huquqlarga ega bo‘lganlar. Ikkinchi tomondan, dehqonlar ichidan jamoa oqsoqollari ajralib chiqib, qish loqdagi soliq to‘ lovlarini taqsimlashda ma’lum imtiyozlarni qo‘lga kiritganlar. Ilgari ularning asosiy vazifasi qishloq jamoasi manfaatini himoya qilish bo‘lsa, keyinchalik davlat idorasi tarkibiga kiruvchi qishloq ma’murlari rolini o‘ynay boshlaganlar. Jamoa og‘ir ishlarni bajarishga, yangi yerlarni o‘zlashtirishga majbur bo‘lgan. Jamoaning tekin xizmatidan foydalanish uchun jamoa oqsoqollari ham asta-sekin mayda feodallarga aylana borganlar. Keyinchalik ularning imtiyozli mavqelari maxsus farmoyishlar bilan qonunlashtirilgan. Yer ega larining yana bir toifasi braxmanlar edi. Hukmdor din homiysi sifatida braxmanlarni taqdirlab, ularga yer in’om qilgan. Bu haqda XI–XII asrlarga mansub yorliqlar guvohlik beradi. Bunday yorliqlar odatda mis taxtachalarga yoki likopchalarga yozilib, unda yer braxmanga doimiy muddatga, “abadiy” berilgani qayd etilgan. Yer egalari o‘z hududlaridagi aholiga nisbatan ma’muriy va sud qilish huquqlarini qo‘lga kiritganlar. Ular o‘n xil turdagi jinoiy ish bo‘yicha jazolash hu quqiga ega edilar. Shu yo‘sinda in’om qilingan yerlardagi aholi bor gan sari feodal yer egalariga mute bo‘lib qolavergan. Feodalga to‘lanadigan soliqlar turi esa vaqt o‘tgan sari ortib borgan. Jumladan, renta solig‘idan tashqari nikoh solig‘i, bolasizlik uchun to‘lanadigan soliq va boshqa to‘lovlar paydo bo‘lgan. Jamoadagi dehqonlar shaxsan ozod-erkin bo‘lsalar-da, soliqlar asoratiga tusha boshlaganlar.

Shuningdek, jamoada majburiy mehnat – o‘ziga xos barshchina yuzaga kelgan. Dehqonlar turli qurilishlarda ishlar va ko‘p rik yo‘llarning soz bo‘lishiga javobgar edilar. Ular qishloqqa tashrif buyurgan amaldorlarga xizmat qilar, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlab turar edilar.

Feodalizm davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feodalizm davrida eng badavlat kishilar (hukmdor bundan mustasno) hind ehromlari va monastir rohiblari hisoblanar edilar. Yerga tegishli yorliqlarning dalolat berishicha, avval faqat ekin ekilmaydigan, bo‘z va qo‘riq yerlar in’omga beriladigan bo‘lgan. Yerni ehromga in’om etish uchun hukmdor yoki nufuzli feodal avval u yerni sotib olishi kerak bo‘lgan. O‘rta asrlarda Hindistonda yer, ayniqsa, bo‘z yerlar ko‘pincha sotilar va sotib olinar, bunda jamoaning roziligi talab qilinardi. Yerni sotish va sotib olishdagi cheklashlar XIII–XIV asrlarga kelib ko‘paydi. In’om qilingan qo‘riq yerlarda rohib (monax)lar korandalar, yollanma xizmatchilar kuchiga tayanib, xususiy xo‘jalikni boshqarar edilar. VI–XIII asrlardan boshlab ehromlarga butun-butun qishloqlar in’om qilinadigan bo‘ldi. O‘sha davrlarda ehrom xo‘jaligida natural renta ustunlik qilar edi. Yerdan tushadigan hosildan tashqari, dehqonlar ehromlarga diniy marosimlarni bajarish uchun barcha zarur narsalar: yog‘, xushbo‘y ashyolar, gul chambarlar, kiyim-kechaklar yetkazib berar edilar.

Ehromda odatda braxmanlar va yuqori kastalarning oqsoqollari, goho dehqonlar, savdogarlar yoki hunarmandlardan tashkil topgan kengash rahbarlik qilardi. Ehromlarda kotib (mirza), hunarmand, ho fiz, mashshoq, raqqosa lardan iborat bir talay xizmatkor va xodimlar kun kechirardi. Yuqori saviyada tashkil qilingan ehrom xo‘jaligi ayniqsa Janubiy Hindistonda keng tarqalgan edi. Garchand yer eh romlarga “toki quyosh va oy o‘z nurini sochib turguncha” muddatga in’om etilgani va yorliqlarda ta’kidlanganidek “bu yerga tajovuz qilgan kimsa la’natga uchraydi” deb yozilgan.

Tarixdan ma’lumki, notinch, alg‘ov-dalg‘ov damlarda, sulolar o‘rtasidagi kurash va jangu jadallar paytida feodallarning yer mulklari bilan birga braxmanlar hamda ehromlarning yerlari ham istilochilar tomonidan musodara qilingan.

Hindistonda jamoa a’zolari faqat shaxsiy ozodliklarini emas, ayrim huquq va imtiyozlarni ham o‘z ixtiyorlarida qoldirganlar. Jamoadagi e’tiborli shaxslar, jumladan, oqsoqollar va kotiblar alohida mavqega ega bo‘lganlar. O‘rta asrlarga oid asarlarda yozilishicha, oqso qollar jamoa a’zolaridan pora olganlar, turli sovg‘alar talab qilganlar. Hind jamoasi o‘rta asrlarda nufuzli kuch hisoblangan va turmushda faqat ijtimoiy-iqtisodiy mavqe egallab qolmasdan, siyosiy hayotda ham katta e’tiborga ega bo‘lganlar. Ularning hind jamiyatida tutgan o‘rni Janubiy Hindistonda salmoqli bo‘lgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbek tilida:

1.Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004.

2. Лафасов М. Жаҳон тарихи (1918-2008). –Т., 2010.

3. Ғофуров А. Ҳиндистон. ФарДУ. 2009.

Rus tilida:

1.Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004.

2. Вигасин А., Дандомаев М. История Древнего Востока. -М., 2001.

3. Новейшая история стран Азии и Африки. ХХ век. -М., 2000.

Hind tilida:

1/\. शैलेन्द्र सेंगर “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५

रोमिला थापर “भारत का इतिहास” प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८

2. विपिन चन्द्र “आधुनिक भारत का इतिहास” प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९   

3. द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५  

4. मानिक लाल गुप्त “मध्यकालीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२

Urdu tilida:

.6ڈاکٹر مبارک علی  "جدید تاریخ"،  فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١

.7محمد علی چراغ  "تاریخ ِ پاکستان "  سنگ ِ میل ،  ٢٠١٢

.8  رماشنکرترپاٹھی  "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ  فروغ  اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨   مترجم :سید سخی حسن نقوی

.9 شیخ محمد رفیق  مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر  عصمت نانر  "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠

پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10

11.ڈاکٹر مبارک علی  "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥

.12 ڈاکٹر مبارک علی  "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان  اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧

.13   محمد علی چراغ  "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠

.14مولانا ابو ا لکلام  آزاد  "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣

Ingliz tilida

1.Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.

2. Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.

3. Gandhi M.K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.

4. Nazir Ahmad Chaudhry. Harappa. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.

5. Hameed.  Political Role of Religious Communities in Pakistan. Policy Research Institute.  Islamabad, Pakistan, 2008.

6. Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999

7. Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.

8. Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010

9. Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002

10.Mahmood T. The Durand line: South Asias next trouble spot. Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.

11. Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008

Davriy nashrlar:

Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. - Vol. 82. -№ 3. - P. 112-128.

2. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

3. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

4. Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm