Unnob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Unnob soʻzi arab tili leksikasidir. Turkiy yozma manbalarda uchramadi. Alisher Navoiy asarlarida: Ul labi unnobgun koʻnglumga ekkan tuxmi mehr, Koʻnglum ichra yishurun durdonadek unnob aro. (Gʻaroyib us-Sigʻar, 39)

Shakllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu soʻz eski tojik tilida unnob, hozirgi tojik tilida unnob(tojik va boshqa tillarda kam qoʻllanib, kitobiy soʻzlar qatlamiga kiradi), fors tilida عناب (onnab) tarzida isteʼmolda boʻladi. Hozirgi arab tilida عُنَّابٌ jilonjiyda soʻzi bilan shu asosdan yana عنَبٌ koʻpligi أَعنْاَبٌ uzum, mango kabi mevalar nomi koʻrsatiladi.

Koʻchma maʼnosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arab tilidan oʻzlashtirilgan bu soʻz klassik fors-tojik va oʻzbek klassik poeziyasida meva nomidan tashqari yana koʻchma maʼnolarda qoʻllanadi. Budagov lugʻatida اعناب unnab- grudnaya yagoda deb berilgan(Budagov, I , 1869, 767). Bu soʻz hozirgi oʻzbek tilida ham kitobiy soʻz boʻlib, maʼlum talablar vositasida qoʻllanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. Vafoyev, Bahrom. Meva nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 27 bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.